8-mart munosabati bilan ayollarga 17 dollar pul mukofoti beriladi

eʼlon qilindi
Turkmanistonda
Foto: Gazeta.uz

Turkmaniston prezidenti farmoyishiga ko‘ra, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatdagi ayollar va qizlarga davlat nomidan pul sovg‘alari topshiriladi. Bu haqda «Turkmenistan: Zolotoy vek’ nashri xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2026-yil 2 – 6-mart kunlari tantanali ravishda 60 manat miqdorida (taxminan $17) pul mukofoti topshiriladi. Mazkur tashabbus ayollarning mamlakat taraqqiyotidagi ulkan hissasi, sog‘lom va vatanparvar avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari hamda milliy an’analarni davom ettirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Pul sovg‘alari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xotin-qizlarga, nafaqaxo‘r va davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchilarga beriladi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotganlar, Davlat xizmati akademiyasi tinglovchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ham ushbu mukofotdan bahramand bo‘ladi.

Mazkur qaror 2019-yil 27-fevraldagi ayollarga Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul sovg‘alari topshirish to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega ayollar ulushi 33 foizdan oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek