Meksika prezidenti Ilon Maskni sudga bermoqchi

eʼlon qilindi
X ijtimoiy tarmog‘idagi iddaoli posti ortidan
Ilon Mask va OpenAI
Meksika prezidenti Ilon Maskni sudga bermoqchi / Foto: CNBC

Meksika prezidenti Klaudia Sheinbaum milliarder Ilon Maskning uni narkokartellarga bog‘lagan iddaolariga javoban sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Jalisco New Generation Cartel rahbari «El Mencho»ning qo‘lga olinishi va o‘ldirilishi ortidan post joyladi. Unda 2025-yildagi kartel zo‘ravonligi haqidagi videoga javoban, Sheinbaum kartel rahbarlari aytgan gapni takrorlayotganini iddao qilingan.

Sheinbaum o‘z matbuot anjumanida sudga murojaat qilish masalasini ko‘rib chiqayotganini va hukumat yuristlari vaziyatni tekshirayotganini bildirdi. U shuningdek, xavfsizlik siyosati keskinlashmasligini, maqsad tinchlikni ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Meksikada narkokartel yetakchilaridan biri, narkobaron Nemesio Ruben Oseguera Cervantes, ya’ni «El Mencho» maxsus harbiy amaliyot chog‘ida halok bo‘lgan. AQSh uni topganga $15 mln mukofot e‘lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask 2028-yilda Samarqandga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek