Emizikli ayol ro‘za tutsa bo‘ladimi

eʼlon qilindi
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari javob berdi
Ro‘za vaqtlari
Foto: Pexels.com

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Emizikli ayol ro‘za tutsa bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Bismillahir rohmanir rohim. Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tutganda bolasiga yoki o‘zining joniga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi va keyinchalik ro‘zasini qazosini tutib beradi. Vallohu a’lam», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.

Bundan avval «saharlikni kechiktirish mumkinmi?» va «saharlikni tahoratsiz qilish mumkinmi?» degan savollarga javob berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud. 

Shuningdek