
AQShning Jorjiya shtatidagi Kia zavodi 5 mln dona avtomobil ishlab chiqardi. Tarantas Nyus nashrining ma’lum qilishicha, West-Point shahrida joylashgan zavodda 2027-yilgi yangilangan Kia Telluride ishlab chiqarilishi boshlangan.
Shu bilan birga, korxonada Jorjiyada ishlab chiqarilgan ilk gibrid avtomobil ham chiqdi. Bu Kia’ning AQShdagi elektrlashtirish strategiyasida yangi bosqichni anglatadi.
2009-yilda ish boshlagan Kia America’ning Jorjiya zavodi bugun mintaqadagi eng yirik ish beruvchilardan biri hisoblanadi. U AQSh janubi-sharqida avtomobilsozlikning muhim markaziga aylangan.

Telluride brendning flagman modeli sifatida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Model yuqori sifati va talab bilan ajralib turadi.
Avvalroq Kia 2026-yilda Kia Sportage Ace taqdim etilishini ham tasdiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Kia Sportage Hybrid qanday imkoniyatlar bilan chiqqani haqida yozgan edi.