
Google’ning mashhur Nano Banana SI rasm yaratish va tahrirlash vositasi tez orada Google Maps ilovasida ishlatilishi mumkin. Kompaniya bu vositani o‘zining eng ko‘p ishlatiladigan ilovalaridan biriga integratsiya qilmoqchi.
Unga ko‘ra, Google Maps’ning so‘nggi versiyasida Nano Banana bilan bog‘liq ba’zi kod qatorlarini aniqladi. Bu shuni anglatadiki, Maps ilovasiga Nano Banana’ni integratsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yangi funksiya yaqin vaqt ichida chiqarilishi mumkin.
Integratsiya qilinsa, foydalanuvchilar Street View (ko‘cha manzarasi) dagi mavjud joylar asosida rasm yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Nano Banana foydalanuvchi tomonidan kiritilgan prompt matnga qarab, ushbu joylarga qiziqarli va yangi uslub berishi mumkin.
Hozircha bu xususiyat Maps ilovasida qanchalik keng ishlatilishi noma’lum, biroq kodlarning allaqachon ilovada mavjudligi, funksiyaning rasmiy chiqarilishi uzoqqa cho‘zilmasligini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Wear OS soatlari endi telefonsiz ham zilziladan ogohlantirishi haqida yozgan edik.