Blogerlar daromadini nazorat qilishda Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Moskvada Rossiya Federal soliq xizmati bilan tajriba almashmoqda
Foto: Soliq qoʻmitasi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Rossiya Federal soliq xizmatiga ishchi tashrif bilan bordi. Tashrifning asosiy mavzularidan biri blogerlar va internetda faoliyat yurituvchi boshqa shaxslarning daromadlari ustidan soliq nazoratini kuchaytirishdir.

Tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston va Rossiya soliq idoralari vakillari internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish borasidagi tajribalarini o‘rtoqlashdilar. Muhokamalar markazida blogerlar daromadlari ustidan nazoratni takomillashtirish masalasi turibdi.

Foto: Soliq qoʻmitasi

Shuningdek, uchrashuvda media hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Maqsad soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolarning soliq organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir.

Foto: Soliq qoʻmitasi

Rossiya tomoni soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratishga qaratilgan amaliyoti bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, ular soliq organlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni, shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish usullarini taqdim etishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident tanqid qilgan «Malika» bozorida soliq tekshiruvi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek