Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 bilan YPX inspektorini urib yubordi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, YPX inspektorini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.
Hodisa 25 fevral kuni soat 21:46 da sodir bo‘ldi. Boshqaruvda 2010-yilda tug‘ilgan, ayni paytda xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi bo‘ylab haydagan paytida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.
Hodisa natijasida inspektor tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baliqchi tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etgan edi.