iQOO Z11x smartfoni mart oyida taqdim etiladi — narx

27-fevral 2026 07:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
iQOO Z11x smartfoni mart oyida taqdim etiladi — narx / Foto: iQOO

iQOO brendi yaqinda chiqariladigan yangi smartfoni Z11x’ni namoyish qilmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Qurilma arzon narxda bo‘lib, taxminan $250 atrofida sotilishi kutilmoqda. Z11x eng yuqori darajadagi xususiyatlarga ega bo‘lmasa-da, Dimensity 7400-Turbo protsessori asosida ishlaydi, bu narx segmentida yetarlicha samarali hisoblanadi.

Smartfon 8 GB operativ va 256 GB ichki xotira bilan jihozlangan bo‘ladi. Qurilma Android 16 asosida ishlaydigan OriginOS 6 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi.

Z11x modeli iQOO Z10x’ning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Z10x 120 Hz ekran va 6500 mAh quvvatga ega batareya bilan ishlab chiqarilgan edi. Ta’kidlanishicha, Z11x taqdimoti shu yilning mart oyida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 110 dollarlik Vivo Y05 smartfoni taqdim etilgan edi.

Shuningdek