
Huawei kompaniyasi yangi Band 11 va Band 11 Pro smart bilaguzuklarini rasman taqdim etdi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Band 11 va Band 11 Pro
Band 11 seriyasi bu yil ikki xil variantda taqdim etildi. Ikkala model ham 1,62 dyuymli AMOLED ekran, 286 × 482 piksel o‘lcham, 60Hz yangilanish tezligi va Always on Display (AOD) funksiyasiga ega. Band 11 Pro biroz egilgan ekran va mustahkamroq korpusda. U 2,000 nits maksimal lokal yorqinlikka ega bo‘lsa, Band 11 modeli maksimal 1,500 nits bilan ishlaydi.
Ikkala model ham alyuminiy qotishma korpus va 5 ATM suvga chidamlilikka ega, shuning uchun ularni suzish vaqtida ham taqish mumkin. Band 11 modelining tasmasiz og‘irligi 17 gramm, Pro versiyasiniki esa 18 gramm.
Funksiyalar va batareya
Ular Bluetooth 6.0 orqali ulanadi va qo‘l ishlatmasdan qo‘ng‘iroqlar qilish imkonini beruvchi ichki karnayga ega. Yengil foydalanishda batareya muddati 14 kun, odatdagi ishlatishda esa 8 kunga yetadi. Pro modeli qurilmada GNSS pozitsiyalash funksiyasiga ega bo‘lib, yugurishlarni kuzatish imkonini beradi.
Band 11 egalari 100 dan ortiq sport rejimlari va yurak urishi, qon kislorod qoni, yurak urishining o‘zgaruvchanligi (HRV), uyqu va stress kabi sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzata oladiladi.

Rang va narx
Band 11 seriyasi bej, yashil, binafsha, oq va qora ranglarda taqdim etiladi va narxi 45 yevro atrofida. Band 11 Pro esa yashil, ko‘k va qora ranglarda mavjud bo‘lib, narxi 60 yevroni tashkil qiladi. Ikkala model ham 6-martdan sotuvga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei noutbuk o‘rnini bosuvchi planshetni taqdim etgan edi.

