Bepul ta’lim, stipendiya va 2400 yevro maosh: Germaniyaning APAL Ausbildung dasturiga qabul boshlandi

Germaniyada 2026-yil kuz oyida boshlanadigan Ausbildung dasturi uchun qabul ochildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Dasturga qatnashish uchun nemis tilidan kamida B1 daraja sertifikati (Goethe, ECL, Telc, ÖSD, TestDAF) talab etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar 18 – 25 yosh orasida bo‘lishi va o‘rta maktab, kollej, litsey yoki texnikumni tamomlagan bo‘lishi kerak.
Dastur yo‘l qurilishi, kanal qurilishi, quvurlar yotqizish va maxsus qurilish ishlari kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Ta’lim 2 yil davom etadi va muvaffaqiyatli tugallangach, doimiy ishga joylashish imkoniyati beriladi.
Birinchi kursda 822 yevro, ikkinchi kursda esa 1,057 yevro stipendiya beriladi. Doimiy ishga o‘tilganidan so‘ng, oylik maosh 2,400 yevro bo‘ladi.
Dastur ishtirokchilari Germaniyaga kelgan zahoti 300 yevro cho‘ntak puli, bepul ta’lim, aviabilet va viza xarajatlari qoplanishi, arzonlashtirilgan turar joy (250 yevro atrofida, birinchi oy bepul), 3 mahal bepul ovqatlanish va B1 sertifikati uchun Toshkentdagi Goethe Institutda 2 oylik bepul kurs kabi imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish ushbu havolada yoki Germaniya Bandlik federal agentligi veb-saytida o‘zbek tilida taqdim etilgan. Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 2-martgacha amalga oshiriladi. Murojaat uchun 1282, 71 202-33-55 (502) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijga ishlash uchun to‘lov qilgan fuqarolarga mablag‘ qaytarilishi haqida xabar bergan edik.