Bir haftada dollar qariyb 76 so‘mga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Hafta boshidagi o‘sish o‘rnini keskin pasayish egalladi
Bir haftada dollar qariyb 76 so‘mga arzonlashdi
Foto: Depositphotos

O‘tgan hafta davomida dollar kursi keskin tebranishlarni ko‘rsatdi. Haftaning ilk kunlarida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, keyinroq pasayish ustun bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi. 24-fevralda o‘sish davom etdi. Valyuta 23,34 so‘mga ko‘tarilib, 12 236,13 so‘mga yetdi. Bu hafta ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Dollar kursining o‘zgarishi

Grafik: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

25-fevraldan boshlab pasayish boshlandi. Dollar 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni tashkil etdi. 26-fevral kuni pasayish yanada kuchaydi. Kurs 50,58 so‘mga kamayib, 12 137,10 so‘mga tushdi. 27-fevralda esa dollar yana 0,53 so‘mga arzonlab, 12 136,57 so‘mni qayd etdi.

Umuman olganda, 24-fevraldagi eng yuqori nuqtadan 27-fevralgacha dollar 99,56 so‘mga pasayadi. 23-fevralga nisbatan esa hafta oxirida kurs 76,22 so‘mga arzon bo‘ldi.

Hafta boshidagi o‘sish o‘rnini keskin pasayish egalladi va dollar kursi to‘rt kun ichida sezilarli darajada tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek