3-mart kuni to‘liq Oy tutilishi sodir bo‘ladi
eʼlon qilindi
Toshkent vaqti bilan soat 16:33 da

2026-yil 3-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:33 da to‘liq Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Ushbu hodisa Oyning Yer atrofida harakati davomida Yer soyasiga to‘liq kirishi bilan tavsiflanadi.
To‘liq Oy tutilishi paytida Quyosh nurlarining bir qismi Yer atmosferasidan o‘tib, Oy yuzasiga tushadi. Shu sababli Oy tutilganida qizil rangga kiradi va g‘ayrioddiy manzara hosil bo‘ladi.

Afsuski, 3-mart sanasidagi to‘liq Oy tutilishi O‘zbekiston hududidan ko‘rinmaydi. Hodisa faqat geografik jihatdan ayrim mintaqalarda kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar 28-fevral kuni sayyoralar paradini kuzatishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.