Apple kelasi hafta bir nechta yangi mahsulotlarini taqdim etadi

Apple kompaniyasi kelasi hafta bir nechta yangi mahsulotlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Kompaniyaning bosh ijrochi direktori (CEO) Tim Kuk yaqinda qisqa video orqali yangi MacBook va iPad’lar haqida izoh berib, taqdimotga ishora qildi.
Kaliforniyaning Cupertino shahrida joylashgan Apple kompaniyasi yangi qurilmalarni press-relizlar orqali e’lon qilishi kutilmoqda. Umumiy hisobda 7 ta yangi mahsulot taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu qurilmalar orasida iPhone 17e bo‘lib, unga qo‘shilib A18 Pro chipli MacBook, A18 chipli yangi boshlang‘ich darajadagi iPad, Apple M4 chipli 11 dyuym va 13 dyuym iPad Air’lar hamda M5 Pro va M5 Max chipli yangi 14 dyuym va 16 dyuym MacBook Pro’lar ham taqdim etiladi.
Asosiy yangiliklar Apple’ning MacBook va iPad liniyalarini yangilashga qaratilgan bo‘lib, kompaniya o‘z mijozlariga ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan qurilmalar taqdim etishni maqsad qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple yil oxirida sensorli MacBook Pro’ni taqdim etishi haqida xabar qilgan edik.