Tesla 20 yil ichida ishlab chiqarishni Oyga ko‘chirmoqchi

eʼlon qilindi
Aynan qanday mahsulot ishlab chiqarilishi hozircha noma’lum
Oydagi ilk shahar 10 yil ichida barpo etiladi — Ilon Mask
Tesla 20 yil ichida ishlab chiqarishni Oyga ko‘chirmoqchi / Foto: Sun’iy intellekt

Tesla kelgusi 20 yil ichida ishlab chiqarish quvvatlarini Oyga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Ilon Mask Berlin shahridagi Gigafactory zavodi menejeri Andre Tirig bilan bo‘lgan intervyuda ma’lum qildi.

Mask aksiyadorlarga kompaniya aksiyalarini saqlab qolishni tavsiya qilib, ularga «ekstremal darajada yorqin kelajak» va’da qilmoqda. Hozircha Oyda Tesla nima ishlab chiqarishi aniq emas. Elektromobillar bo‘lishi ehtimoli past, ehtimol kompaniya Optimus robotlarini ishlab chiqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tesla elektromobillarining Yevropadagi sotuvlari so‘nggi 13 oy davomida pasayib bormoqda. Bu esa kompaniya uchun yangi bozor va texnologik yechimlarni izlashni dolzarb qilayotir.

Mask kosmosda sun’iy yo‘ldoshlar va sun’iy intellekt ma’lumot markazlari komponentlarini qurish, keyin ularni elektromagnit tezlatish yordamida kosmosga uchirish rejasini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask SpaceX kompaniyasi Oyda birinchi shaharni qurishni 10 yil ichida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.

Shuningdek