Elchixona Isroildagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

eʼlon qilindi
Isroil havo hududi vaqtincha yopilgan
Foto: Google Panorama

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi keskin harbiy-siyosiy vaziyat fonida o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘lladi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, Isroil havo hududi vaqtincha yopilgan. Shuningdek, bugun mamlakat hududiga kuchli raketa hujumlari kuzatilishi ehtimoli yuqori ekani qayd etilgan.

Elchixona fuqarolardan zarurat bo‘lmasa vakolatxonaga kelmaslikni, shaxsiy xavfsizlik choralarini kuchaytirishni so‘radi. Raketa zarbalari paytida boshpanalarda qolish va ularni ruxsatsiz tark etmaslik tavsiya qilindi.

Shuningdek, yurtdoshlarga Isroil Front orti qo‘mondonligi tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish, rasmiy ogohlantirish va axborot manbalarini muntazam kuzatib borish zarurligi eslatildi.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari 24 soat davomida ishlayotganini ma’lum qildi. Fuqarolar 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075 va 03-758-5076 raqamlari orqali murojaat etishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Eronga hujum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek