Eron va Isroil havo hududi yopilishi sabab O‘zbekistonga aloqador qator reyslar ortga qaytdi

eʼlon qilindi
Cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qilgan
Manba: FlightRadar24.

Eron va Isroil havo hududlari yopilgani sabab bir nechta aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qilgan.

  • 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon — Madina yo‘nalishida uchgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.
  • 7Q342 (Fly One Asia): Madina — Toshkent yo‘nalishida uchgan reys Madina aeroportiga qaytdi.
  • HH901 (Qanot Sharq): Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkent aeroportiga qaytdi.
  • 2U7706 (Fly Khiva): Madina — Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.
  • 9S3302 (Air Samarkand): Jidda — Toshkent yo’nalishida uchgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp AQShning Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiyasini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek