Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Rossiya neft kompaniyalari aksiyalari o‘sdi

eʼlon qilindi
Aksiyalar 1,5–2,7 foizgacha qimmatlashdi
Suriya 14 yildan so‘ng ilk bor neft eksport qildi
Foto: Pexels.com

AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy hujumlaridan keyin Rossiya fond bozorida neft kompaniyalari aksiyalari oʻsdi.

Savdo natijalariga koʻra, «Lukoyl» aksiyalari 2,15 foizga, «Rosneft» 2,73 foizga qimmatlashdi. «Gazprom neft» 2,27 foizga, «Tatneft» esa 2,76 foizga oʻsdi. Shuningdek, «Bashneft» va «Surgutneftegaz» aksiyalarida ham 1,8–2,5 foiz oraligʻida ijobiy oʻsish qayd etildi.

Shanba kuni Londonning ICE birjasida Brent nefti savdosi oʻtkazilmadi. Comex maydonida oltin savdolari ham amalga oshirilmadi. Biroq 27-fevral kuni may oyi uchun Brent fyucherslari narxi soʻnggi sakkiz oy ichida ilk bor $73 dan yuqori darajani qayd etgan edi.

Bozor ishtirokchilari Yaqin Sharqdagi vaziyat neft yetkazib berish zanjiriga taʼsir koʻrsatishi mumkinligidan xavotirda. Eron OPEKʼdagi toʻrtinchi yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi va kuniga taxminan 3,2 mln barrel neft qazib oladi.

Eng katta xatar Fors koʻrfazidagi ehtimoliy uzilishlar bilan bogʻliq. Ushbu yoʻlak orqali dunyo neft taʼminotining qariyb 20 foizi oʻtadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Fors koʻrfazidagi AQSh bazalariga zarba bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek