Erondagi voqealar: jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

eʼlon qilindi
Ayni paytda Eron hududida jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilmoqda
Foto: Getty Images

O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qilishicha, hozirgi vaziyatga ko‘ra, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Diplomatik vakolatxona bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda Eron hududida jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilmoqda. Ularning:

  • 8 nafari – diplomatik vakolatxonalar xodimlari,
  • 9 nafari – Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar,
  • 55 nafari – Eronda doimiy yashovchi fuqarolar,
  • 9 nafari – xususiy safar bilan borgan shaxslardir.

Elchixona vakillari vatandoshlar bilan doimiy aloqada ekanini, ularning xavfsizligi ustidan nazorat o‘rnatilganini va zarur hollarda tezkor yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda fuqarolar O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkin:

Telefon: +98 912 132 78 23
Mas’ul shaxs: Yuldashev Elbek

Diplomatik vakolatxona vaziyat rivojini kuzatishda davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri elchixona Isroildagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek