Eron Oliy rahbari vafotidan so‘ng davlatni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
eʼlon qilindi
Qo‘riqchilar kengashi a’zolaridan biri zimmasiga oladi
Eron rasmiylari Oyatulloh Ali Xomanaiy vafotidan keyingi o‘tish davrida davlat boshqaruvi qanday yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bu haqda Islamic Republic News Agency (IRNA) agentligi xabar berdi.
Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Moxberning bildirishicha, vaqtinchalik boshqaruv mas’uliyatini mamlakat prezidenti, sud hokimiyati rahbari hamda Konstitutsiyani muhofaza qiluvchi kengash – Qo‘riqchilar kengashi a’zolaridan biri zimmasiga oladi.
Qayd etilishicha, Eron Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq, Oliy rahbar vafot etgan taqdirda Ekspertlar kengashi qisqa muddat ichida yangi rahbar nomzodini aniqlashi va e’lon qilishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron oliy rahnamosi o‘limi rasman tasdiqlangani haqida yozgandi.