Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Qaytish reyslari bugun, 2-martdan boshlab amalga oshiriladi
Uzairways
Foto: Uzairways

O‘zbekiston fuqarolarini Umradan xavfsiz tarzda qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etilishi e’lon qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston aviatsiya rasmiylari barcha mahalliy aviakompaniyalarga Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratlari bo‘yicha parvozlarni vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qilgan. Bu cheklov Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishidagi Uzbekistan Airways reyslariga ham taalluqlidir.

Qaytish reyslari bugun, 2-martdan boshlab amalga oshiriladi va Saudiya Arabistonidan O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz tarzda vatanga olib kelish vazifasini bajaradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat ortidan Umra safarlari vaqtincha kechiktirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek