33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
Videodan ekran tasviri / DXX

Noqonuniy savdoga chiqarilishi reja qilingan 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Birinchi holatda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik tanishi poytaxt hududida to‘xtatilib tekshirildi. Ularning yonidan 8,4 ming dona «Regapen» preparati aniqlandi.

Tadbir davomida Chilonzor tumanidagi vaqtinchalik ombor sifatida foydalanib kelingan xonadonda ham tintuv o‘tkazildi. Natijada 12,6 dona «Regapen», 10 ming dona ishlab chiqaruvchisi noma’lum, qo‘lbola usulda tayyorlangan dorilar, 500 dona qadoqlash idishi hamda qalbaki qadoqlar uchun mo‘ljallangan markerlovchi mini-printer musodara qilindi.

Ikkinchi holatda esa 1994-yilda tug‘ilgan shaxs 6 dona «Zardeks» preparatini 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Tezkor harakatlar davomida unga ushbu dorilarni yetkazib turgan Namangan shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro ham qo‘lga olindi. Uning «Tracker» rusumli avtomobilidan 12,4 ming dona «Zardeks» va 14 dona «Regapen» preparatlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri kredit hamda subsidiya evaziga pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek