AQShda benzin narxi oshishi kutilmoqda — Reuters

AQSh va Isroilning Eronga hujumi hamda global neft yetkazib berishdagi uzilishlar ortidan, AQShda benzinning chakana narxi so‘nggi uch oy ichida birinchi marta $3 dan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilganidan so‘ng, dunyo neftining qariyb beshdan bir qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozida navigatsiyani yopganini e’lon qildi. Hududda kamida uchta tanker shikastlangan bo‘lib, yirik yuk tashuvchilar ushbu bo‘g‘ozni aylanib o‘tishlarini ma’lum qilishgan.
Buning ortidan Brent neftining narxi 10 foizga oshib, bir barreli uchun $80 yetdi va tahlilchilar narx $100 gacha ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. GasBuddy tahlilchisi Patrik De Xaan holatni baholar ekan, neft birinchi bo‘lib harakatlanishi, benzin esa unga asta-sekin ergashishini ta’kidladi.
Hozirgi vaqtda AQShning benzin zaxiralari 254,8 mln barrelni tashkil etadi va bu qariyb 30 kunlik ta’minot uchun yetarli hisoblanadi. Rapidan Energy Group prezidenti Bob Maknalli Oq uy narxlarni jilovlash maqsadida AQSh Strategik neft zaxirasidan foydalanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ekish mavsumi boshlanishi arafasida yonilg‘i narxlari nazoratga olingani haqida xabar bergan edi.