BYD Seal 07 elektromobili taqdimot arafasida rasman namoyish etildi

2-mart 2026 11:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Seal 07 EV taqdimot arafasida rasman namoyish etildi
Foto: BYD

BYD kompaniyasi yangi BYD Seal 07 elektromobilining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Model e-platform 3.0 Evo asosida qurilgan bo‘lib, 705 kmgacha yurish zaxirasiga ega. Rasmiy taqdimot mart oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Foto: BYD

Yangi Seal 07 EV dizayni 2026-yilgi Seal 07 DM-i bilan deyarli bir xil. Old qism yopiq radiator paneli, tor faralar va pastki qismida trapetsiya shaklidagi havo kirish joyi bilan ajralib turadi. Orqa chiroqlar butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.

Tom qismida o‘rnatilgan lidar sensori modelda ilg‘or haydovchiga yordam tizimlari mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, elektromobil yangilangan «God’s Eye» 5.0 tizimi bilan jihozlanishi mumkin.

Foto: BYD

O‘lchamlari 4 995 mm uzunlik, 1 910 mm kenglik va 1 495 mm balandlikni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2 900 mmga teng. Avtomobilning og‘irligi 1 940 kg.

Texnik jihatdan Seal 07 EV orqa o‘rnatilgan elektr motor bilan jihozlangan. Uning maksimal quvvati 240 kW yoki 322 ot kuchini tashkil etadi. Energiya 69,07 kVt/soat sig‘imga ega Blade batareyadan olinadi. Batareya og‘irligi 490 kgdan ortiq. CLTC sikli bo‘yicha yurish masofasi 705 km. Maksimal tezlik 200 km/soatga yetadi. 100 kmga energiya sarfi 10,8 kVt/soatni tashkil etadi.

Foto: BYD

Salon dizayni ham gibrid DM-i versiyasiga o‘xshash. Ikki spokali rul, to‘liq raqamli panel va 15,6 dyuymli markaziy ekran mavjud. Markaziy konsolda simsiz zaryadlash, stakan joylari, fizik tugmalar va aylanuvchi boshqaruv tugmasi o‘rnatilgan.

BYD mart oyidagi tadbirda modelning to‘liq texnik ma’lumotlarini e’lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD 1000 ot kuchiga ega yangi sedanni tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek