2025-yilda 43,6 ming dona gaz plitasi import qilindi

eʼlon qilindi
Import hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan 14,3 ming donaga oshgan
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonga 2025-yil davomida 14 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati $4,5 mlnga teng bo‘lgan jami 43,6 ming dona gaz plitasi olib kelingan. Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yildagiga nisbatan 14,3 ming donaga ko‘pdir.

Mamlakatga gaz plitalarini yetkazib berish bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. 2025-yilda Xitoydan 20,4 ming dona gaz plitasi import qilingan. Ikkinchi o‘rinda Belarus davlati qayd etilgan bo‘lib, undan 11,7 ming dona mahsulot xarid qilingan. Undan keyingi o‘rinni 7,8 ming dona ko‘rsatkich bilan Turkiya egalladi.

Shuningdek, Ispaniyadan 2 ming dona va Italiyadan 680 dona gaz plitasi keltirilgan. Boshqa davlatlar hissasiga esa jami 1 ming dona mahsulot to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda 4,1 mln tonnadan ortiq kartoshka yetishtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek