Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi joriy etildi

eʼlon qilindi
OTM
Har yili 1-noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi
Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston hokimliklar ichida yetakchi — Jamoatchilik kengashlari reytingi tuzildi
Foto: Facebook

Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Milliy reytingni Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi yuritadi.

Davlat va nodavlat OTMlar quyidagi toifalar bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:

  • Amaliy fanlar;
  • Tibbiyot fanlari;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
  • Ijod (sport).

Har yili 1-noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

Shu maqsadda har yili 1-iyungacha talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma, shuningdek, xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro obro‘ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Milliy reytingni hisoblashda jami 25 ta indikatordan 5 tasi umum milliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi. Ushbu natijalar reytingga kiritilishi uchun OTMdagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi ishtirok etishi talab qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026/2027-o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihoni fanlari tasdiqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek