Atrof-muhitga ta’sirini kamaytirgan sanоat korxonalari rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi
Rag‘batantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi
Atrof-muhitga ta’sirini kamaytirgan sanоat korxonalari rag‘batlantiriladi / Foto: Sun‘iy intellekt

O‘zbekiston hukumati sanоat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni rag‘batlantirish tartibini tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sanоat korxonalarining atrof-muhitga zararini kamaytiruvchi tadbirlari ikki bosqichda rag‘batlantiriladi. Birinchi bosqichda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish stansiyasini o‘rnatgan korxona tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha qarzdorlikdan voz kechiladi va kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizi ikki yil davomida qaytariladi.

Ikkinchi bosqichda esa monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal oqova suvni tozalash uskunalarini o‘rnatgan taqdirda, kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi ikki yil davomida qaytariladi.

Sanоat korxonasi monitoring stansiyasi yoki tozalash uskunalarini o‘rnatganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali Ekologiya qo‘mitasiga xabarnoma yuboradi.

Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qo‘mita tomonidan xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston energiya tejaydigan sovitish tizimlari loyihasiga qo‘shilgan edi.

Shuningdek