Ro‘zador tishini tish pastasi bilan yuvsa bo‘ladimi

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Ro‘zador odam tishini tish pastasi bilan yuvsa bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Bismillahir rohmanir rohim. Ro‘zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanish mumkin. Albatta, bunda so‘lagiga qo‘shilib tish pastasi yoki uning qoldiqlari yutilib ketishidan saqlanishi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.