Dollar oshdi: 4-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

4-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
25-fevral kuni 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni, 26-fevral kuni esa 50,58 so‘mga tushib, 12 137,10 so‘mni, 27-fevralda 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil qildi. 2-mart kuni dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni 3-mart kuni 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 132,44 so‘mga tushib, 14 170,76 so‘mni, rubl 0,05 so‘mga oshib, 157,53 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.