Eron klublaridagi o‘zbekistonlik futbolchilar va Markaziy bankdan yangi talab — 3-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjestida
Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davaktivga yangi rahbar — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima, Davaktivga yangi rahbar — hafta davomida e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida
Foto: Uzbekistan travel

Eron klublaridagi o‘zbekistonlik futbolchilar va Markaziy bankdan yangi talab — 3-mart kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Tarix fanidan attestatsiyadagi bahsli savol bo‘yicha vazirlik qarorini o‘zgartirdi

Foto: Xalqtaliminfo.uz

Tarix fani o‘qituvchilari o‘rtasida katta muhokamaga sabab bo‘lgan attestatsiya savoli yuzasidan rasmiy qaror qabul qilindi. Endilikda testdagi bahsli savolda ikkita javob varianti ham to‘g‘ri deb e’tirof etiladi.

Gap 2025-yil may oyida o‘tkazilgan attestatsiya sinovidagi: «Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan?» mazmunidagi savol haqida bormoqda. O‘qituvchilarning bir qismi «Vestgotlar» javobini belgilagan, biroq dastlab test kalitida boshqa variant asosiy javob sifatida ko‘rsatilgan edi.

O‘zbekiston va Indoneziya erkin savdo bitimi bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzoladi

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi.

2-mart kuni videokonferensiya shaklida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Indoneziya Respublikasi Savdo vaziri Budi Santoso o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Markaziy bankdan yangi talab: o‘tkazmalarda maqsadni ko‘rsatish majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda 69,2 mln dona bank kartasi muomalada — Markaziy bank
Foto: Depositphotos

Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga yangi ko‘rsatma yuborgani aytilmoqda. Endilikda mobil ilovalar orqali pul o‘tkazilganda foydalanuvchi o‘tkazma maqsadini majburiy tartibda tanlashi kerak bo‘ladi.

Kursiv Uzbekistan Markaziy bank matbuotidan ushbu xabarlarga izoh so‘radi. Regulyatorning tahririyatga ma’lum qilishicha, bu texnik yaxshilatishga qaratilgan bo‘lib, servis ishini takomillashtirish va operatsiyalarning to‘g‘ri qayta ishlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Dollar oshdi: 4-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Доллар США
Foto: Pexels

4-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 132,44 so‘mga tushib, 14 170,76 so‘mni, rubl 0,05 so‘mga oshib, 157,53 so‘mni tashkil qildi.

Eron klublaridagi o‘zbekistonlik futbolchilar faoliyatini Superligada davom ettirishi mumkin

Foto: PFL

Eronda to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev FIFA ruxsat bersa, legionerlar uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochilishini ta’kidladi.

Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan asosiy futbolchilarning o‘yin amaliyotisiz qolishi masalasiga PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev quyidagicha munosabat bildirdi.

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi

Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda mart oyida nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘z bayrami munosabati bilan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 8-mart sanasi yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan, bayram dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu sababli, 9-mart – dushanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidan uchib ketdi

Ronaldu
Foto: yardbarker

Eron tomonidan Ar-Riyoddagi AQSh diplomatik markaziga dron hujumlari uyushtirilgan tunda Krishtianu Ronalduning 61 mln funt sterling ($81 mln)lik xususiy samolyoti Saudiya Arabistonini tark etdi.

Eron davlat ommaviy axborot vositalari tunda mamlakatdagi AQSh diplomatik shtab-kvartirasi nishonga olingani haqida xabar berdi. Shuningdek, Bahrayndagi xodimlar binosi ham vayron qilingani e’lon qilindi.

O‘zRTXB har bir oddiy aksiyaga 780 so‘m dividend to‘lashi mumkin

Foto: sinenkiy/Depositphotos

«O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ Kuzatuv kengashi 2025-yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga har bir oddiy aksiya uchun 780 so‘m miqdorida dividend to‘lashni tavsiya qildi.

Freedom Broker Uzbekistan yozishicha, bu summa o‘tgan oydagi o‘rtacha bozor narxidan kelib chiqib, taxminan 10,7 foizlik dividend daromadini anglatadi. To‘lov koeffitsiyenti sof foydaning qariyb 85 foizi darajasida baholanmoqda.

Yaqin Sharqdagi keskinlik smartfonlar narxini oshirishi mumkin

2026-yilda hamyonbop smartfonlar ham qimmatlashishi mumkin
Foto: depositphotos

2025-yil davomida AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygandi. 2026-yilning fevralidagi AQSh va Isroilning Eronga qo‘shma zarbasi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu esa Yaqin Sharqda geosiyosiy xavflarni oshirib, global bozorlarda noaniqlikni kuchaytirdi.

Avval ham Isroil va Eron o‘rtasida qisqa muddatli to‘qnashuvlar bo‘lgan. 2025-yil iyunidagi 12 kunlik mojaro jiddiy iqtisodiy inqirozga olib kelmagan edi. Smartfon bozori ham qisqa muddatli tebranish bilan cheklangan. Ammo hozirgi vaziyat uzoq davom etishi mumkinligi bilan farq qiladi.

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaydi

Pul
Foto: tatiantmarie / depositphotos.com

2-mart holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni tashkil qildi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,3 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,4 foizni ko‘rsatmoqda.

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi
Foto: Pexels

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab eksportchilarga favqulodda yordam beriladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha favqulodda yordam mexanizmi ishga tushirildi. Mazkur mexanizm tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan.

Shuningdek