Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Bugun, 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatimizda o‘z iqtidori, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlanadi.
Milliy mukofot komissiyasi taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan eng munosib nomzodlar saralab olindi. Mukofot sohibalariga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda diplom va ko‘krak nishonlari topshiriladi.
Shuningdek, har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi belgilandi. Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir zimmasiga yuklatilgan.
| № | F.I.Sh. | Hudud | Ta’lim / Ish joyi |
|---|---|---|---|
| 1 | Satniyazova Indira Qaniyaz qizi | Qoraqalpog‘iston R. | Qoraqalpoq davlat universiteti, 3-bosqich talaba |
| 2 | Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi | Qoraqalpog‘iston R. | Qoraqalpoq davlat universiteti, 2-bosqich magistrant |
| 3 | Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi | Andijon viloyati | Andijon davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant |
| 4 | Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi | Andijon viloyati | Andijon davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant |
| 5 | Ergashova Mehriniso Husniddin qizi | Buxoro viloyati | Buxoro davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistrant |
| 6 | Fayzullayeva Vazira Xamidovna | Buxoro viloyati | Buxoro davlat tibbiyot instituti, 1-bosqich magistrant |
| 7 | Tursunova Visola Behzodovna | Jizzax viloyati | Jizzax davlat pedagogika universiteti, 2-bosqich talaba |
| 8 | Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi | Jizzax viloyati | O‘zbekiston Milliy universiteti, kabinet mudiri |
| 9 | Murodova Marjona Shuxrat qizi | Qashqadaryo viloyati | Bojxona instituti, xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori |
| 10 | Amirova Latofat Bahrom qizi | Qashqadaryo viloyati | Erkin ijodkor, shoira |
| 11 | Qudratova Mashxura Fazliddin qizi | Navoiy viloyati | Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi |
| 12 | Haydarova Laziza Nabijon qizi | Navoiy viloyati | Navoiy davlat universiteti, 2-bosqich talaba |
| 13 | Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi | Namangan viloyati | «Bahor» davlat raqs ansambli, balet artisti |
| 14 | Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi | Namangan viloyati | O‘zbekiston Milliy universiteti, 1-bosqich talaba |
| 15 | Mamedova Amaliya Parvizovna | Samarqand viloyati | 33-maktab, 11-sinf o‘quvchisi |
| 16 | Tohirova Mohigul Umir qizi | Samarqand viloyati | Samarqand davlat universiteti, assistent |
| 17 | Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi | Sirdaryo viloyati | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, 11-sinf |
| 18 | Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi | Sirdaryo viloyati | O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, sozanda |
| 19 | Ibrogimova Nodira Jurabekovna | Surxondaryo viloyati | «Shkola 21», loyiha rahbari |
| 20 | Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi | Surxondaryo viloyati | Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, magistrant |
| 21 | Uralova Gulhayo Baxodir qizi | Toshkent viloyati | FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, doktorant |
| 22 | Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi | Toshkent viloyati | 24-bolalar musiqa va san’at maktabi, o‘qituvchi |
| 23 | Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi | Farg‘ona viloyati | Xalqaro frilanser |
| 24 | Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi | Farg‘ona viloyati | Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi |
| 25 | Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi | Xorazm viloyati | Urganch davlat tibbiyot instituti, katta o‘qituvchi |
| 26 | Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi | Xorazm viloyati | O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, maqom xonandasi |
| 27 | Saranseva Anastasiya Olegovna | Toshkent shahri | 208-maktab, 11-sinf o‘quvchisi |
| 28 | Mavlonova Sevinch Sanjar qizi | Toshkent shahri | «Yangi O‘zbekiston» universiteti, 2-bosqich talaba |
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sankt-Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan taqirlagani haqida yozgandi.