Shri-Lanka reyslari bekor qilingan sayyohlar vizasini 14 kunga uzaytirdi

Shri-Lanka hukumati Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab reyslari bekor qilingan sayyohlar uchun vizalarni ikki haftaga bepul uzaytirdi. Bu haqda RBC ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, reysi bekor qilingan turistlar endi orolda yana 14 kun davomida hech qanday jarima va sanksiyalarsiz qolishlari mumkin. Shuningdek, ushbu chora 30 kungacha vizasiz kirgan o‘zbekistonliklarga ham tatbiq etiladi.
Harbiy harakatlar sabab Shri-Lankaga va undan qaytish bo‘yicha yuzdan ortiq reyslar bekor qilingan. Sayyohlarga aviakompaniyalar va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lib turish tavsiya etilgan.
Isroil va AQShning Eronga bergan zarbalari hamda Tehronning javob operatsiyasidan so‘ng dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston sayyohlari ham Bali, Shri-Lanka va BAAda qolib ketgan.
Ma’lumot uchun, Yaqin Sharq mintaqasidagi O‘zbekiston fuqarolari uchun favqulodda koll-markazlar ish boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boy shaxslar xususiy samolyotlar orqali Yaqin Sharqni tark etayotgani haqida yozgan edik.