Prezident O‘zbekiston qo‘shinining jangovar shayligi bilan tanishdi

eʼlon qilindi
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda joriy yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Xalqaro maydonda keskinlik saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib borayotgani hamda turli tahdidlar xavfi ortib borayotgani sharoitida harbiy xavfsizlikni ta’minlash dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi.

Mudofaa vaziri qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, qisqa muddatda safarbarlik imkoniyatlarini kuchaytirish, harbiy bo‘linmalarni zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Yig‘ilishda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, harbiy boshqaruv tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qo‘shinlar samaradorligini oshirishda uchuvchisiz tizimlar va raqamli boshqaruv texnologiyalaridan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, harbiy-ma’muriy sektorlar, poligonlar va harbiy ta’lim muassasalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish va zamonaviy qurol hamda texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish vazifalari belgilandi.

Yig‘ilish yakunida Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda terrorizmga aloqador ota-o‘g‘ilga qarshi jinoyat ishi ochilgani haqida yozgandi.

Shuningdek