Eronda Ali Xomanaiyning o‘g‘li rahbar etib saylandi

eʼlon qilindi
Hozircha Eron rasmiylari va davlat ommaviy axborot vositalari bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan
Foto: Moldova 1

Eronning o‘ldirilgan oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy mamlakatning yangi rahbar etib saylandi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Yangi rahbarni saylash qarori 88 nafar yuqori martabali shia ulamolaridan iborat kengash tomonidan qabul qilingan. DW manbalariga ko‘ra, Mojtaba Xomanaiyni saylash qarori Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) bosimi ostida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

Ali Xomanaiyning vafotidan so‘ng mamlakatni vaqtincha uch kishidan iborat maxsus kengash boshqarmoqda. Ushbu kengash tarkibiga prezident Masud Pezeshkian, sud tizimi rahbari G‘ulom Husayn va Konstitutsiya muhofizlari kengashi a’zosi Oyatulloh Alirizo Arafiy kiradi.

Mojtaba Xomanaiy uzoq vaqtdan beri otasining ehtimoliy merosxo‘rlaridan biri sifatida ko‘rilib kelingan, biroq uning saylanishi bo‘yicha rasmiy tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xomanaiyning turmush o‘rtog‘i kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek