Qurolli Kuchlarda kibersport musobaqalar tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Harbiy tizimda zamonaviy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar joriy etilmoqda
Foto: QBB.UZ

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi musobaqalar tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qabul qilingan hujjatga ko‘ra, yangi musobaqalar uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi. Ular kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishlaridan iborat. Turnirlar har yili muntazam ravishda uch bosqichda tashkil etilishi belgilangan.

Foto: QBB.UZ

Birinchi bosqich avgust oyida tegishli vazirlik va idoralarda «Harbiy qism komandiri kubogi» nomli ichki musobaqa sifatida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich oktabr oyida «Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi» maqomida bo‘lib o‘tadi. Yakuniy uchinchi bosqich esa har yili dekabr oyida «Mudofaa vaziri kubogi» doirasida tashkil etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreyada birinchi kompyuter klubi ochilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek