Li Auto Volkswagenni tanqid keskin qildi

4-mart 2026 15:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Li Auto Volkswagenni tanqid keskin qildi
Foto: Atomobility

Xitoyning Li Auto kompaniyasi Volkswagen’ning yangi range-extender texnologiyasi haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

2-mart kuni Xitoyda SAIC-Volkswagen zavodida EA211 seriyasiga mansub yangi dvigatel ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi. Bu tizim Volkswagen’ning Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan ilk EREV flagman krossoveri — ID. Era 9X modeliga o‘rnatiladi. Modelning dastlabki savdolari mart oyida boshlanishi kutilmoqda.

Mazkur dvigatel EA211 1.5T EVO II turbomotoriga asoslangan. Unda o‘zgaruvchan geometriyali turbina, Miller sikli va 350 bar yoqilg‘i bosimi qo‘llangan. Bu texnologiyalar elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan.

Biroq Li Auto kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha direktori Volkswagenni kinoya bilan tabriklagan. U atrof-muhitga zararli va rivojlanish imkoniyati kam bo‘lgan eskirgan texnologiyani atigi 6 yil ichida ommaviy ishlab chiqarishga chiqarganini yozgan.

SAIC-Volkswagen savdo va marketing bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti bu bayonotga javoban avtomobil sanoati rivoji uchun barcha xitoylik mutaxassislarning mehnatini qadrlashini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen ID. Era 9X avtomobili qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek