Iftorlik vaqtida duodan oldin narsa yeb qo‘ysa nima bo‘ladi

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Agar ro‘zador inson iftorlik vaqtida og‘iz ochish duosini o‘qimasdan turib narsa yeb yuborsa, ro‘zasi hisobga o‘tadimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Bismillahir rohmanir rohim. Ha, o‘tadi. Og‘iz ochish duosini o‘qish mustahab amal, ya’ni o‘qigan savob oladi, o‘qimagan gunohkor bo‘lmaydi. Muhimi, ro‘zador kishi og‘iz ochadigan vaqtdan oldin og‘zini ochmasa bo‘ldi. Vaqti kirganda bir narsa iste’mol qilishligi kifoya qiladi. Ammo duo qilishligi yaxshi. Vallohu a’lam», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.