11 ming dollarlik Samsung Galaxy S26 Ultra taqdim etildi

5-mart 2026 09:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
11 minglik dollarlik Samsung Galaxy S26 Ultra taqdim etildi
Foto: Caviar

Caviar kompaniyasi Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonining qimmatbaho versiyalarini taqdim etdi. Ular Totem Collection nomli yangi kolleksiya doirasida chiqarilgan.

Kolleksiyada to‘rtta model bor. Har biri ramziy hayvonlardan ilhomlangan: ot, sher, bo‘ri va lochin. Smartfonlar qimmat materiallardan tayyorlangan. Ular orasida 24 karat oltin, qora titan va karbon mavjud.

Uchta model dizayn jihatidan bir-biriga o‘xshash. Ularda sher, bo‘ri va lochin tasviri tushirilgan versiyalardir. Ot tasviri tushirilgan model esa boshqa dizaynga ega. Uning orqa paneli va rang aksentlari alohida uslubda yaratilgan.

Foto: Caviar

Bu model Fire Horse deb ataladi. U Oy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayramiga bag‘ishlangan. Ot energiya, kuch va ehtiros ramzi sifatida tanlangan. Caviar ma’lumotiga ko‘ra, smartfon orqa qismida 24 karat oltindan ishlangan barelef joylashgan. Uning atrofida qizil emal bilan yaratilgan olov dizayni bor.

Fire Horse versiyasi kolleksiyadagi eng qimmat model hisoblanadi. Uning narxi $11,49 ming deb belgilangan. Qolgan modellar narxi $10,49 mingdan $11,06 minggacha. Narxlar orasidagi farq katta emas.

Caviar har bir modeldan atigi 19 dona ishlab chiqaradi. Shu sababli kolleksiya juda cheklangan seriya hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida simsiz zaryad qanday ishlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek