Qatar gaz suyultirishni vaqtincha to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Ishlab chiqarish va eksportning normal darajaga qaytishi uchun kamida bir oy kerak bo‘ladi
Foto: Bloomberg

Qatar 4-mart kunidan boshlab gazni suyultirish jarayonini to‘liq to‘xtatdi va o‘ta sovitilgan gaz ishlab chiqarish hamda eksport qilishning normal darajasiga kamida bir oygacha qayta olmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shu hafta gaz ishlab chiqarishni to‘xtatgan va chorshanba kuni eksport bo‘yicha fors-major holatini e’lon qilgan QatarEnergy kompaniyasi vaziyatga rasmiy izoh bermagan. Ushbu uzilishlar AQSh va Isroilning Eron bilan ziddiyati davom etayotgan bir vaqtda yuz bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatarning asosiy Ras Laffan zavodi yopilgach, gazni o‘ta sovitilgan yonilg‘iga aylantirishni qayta boshlash uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kamida ikki hafta vaqt talab etiladi.

Zavod qayta ishga tushirilganidan keyin uni to‘liq quvvat bilan ishlash holatiga keltirish uchun yana kamida ikki hafta kerak bo‘ladi. Bunga qadar jahon bozoriga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish hajmida pasayish kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qatar va O‘zbekiston yetakchilari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek