Geely EX5 va Starray EM-i avtomobillarining narxi e’lon qilindi

5-mart 2026 14:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely EX5 va Starray EM-i avtomobillarining narxi e’lon qilindi
Foto: Geely

Xitoyning Geely kompaniyasi Ispaniya avtomobil bozoriga rasman kirib keldi. Kompaniya ilk bosqichda Geely EX5 va gibrid Starray EM-i modellarini sotuvga chiqardi.

Geely EX5 uzunligi 4,62 metr bo‘lgan ixcham elektr krossover hisoblanadi. U 160 kVt quvvatga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Bu taxminan 218 ot kuchiga teng. Model 60 va 68 kVt/soat sig‘imli ikki turdagi batareya bilan taklif etiladi.

Uning maksimal yurish zaxirasi WLTP standartiga ko‘ra 475 kmga yetadi. Tezkor zaryadlash orqali batareyani 30 foizdan 80 foizgacha atigi 20 daqiqada to‘ldirish mumkin. Modelning boshlang‘ich narxi 37 ming yevroni tashkil etadi.

Geely EX5 va Starray EM-i avtomobillarining narxi e’lon qilindi
Foto: Geely

Geely Starray EM-i esa kattaroq D-segment krossover hisoblanadi. Uning uzunligi 4,74 metrni tashkil etadi. Avtomobil Geely va Renault qo‘shma korxonasi bo‘lgan Horse Powertrain bilan ishlab chiqilgan gibrid tizim bilan jihozlangan.

Modelning umumiy quvvat 262 ot kuchiga teng. Model 18 va 28 kVt/soat batareya variantlari bilan taqdim etiladi. Elektr rejimida 135 km gacha masofa bosib o‘tishi mumkin. Umumiy yurish zaxirasi esa 943 km gacha yetadi. Ushbu model narxi 33,9 ming yevrodan boshlanadi.

Narx jihatidan EX5 Skoda Enyaq 60 modeliga yaqin. Starray EM-i esa BYD Seal U DM-i bilan raqobatlashadi. Biroq Geely yangi modellarini biroz arzonroq narxda taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely yangi yo‘ltanlamas avtomobilini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek