«Real Sosedad» Ispaniya kubogi finaliga «Atletiko» bilan o‘ynaydi

5-mart 2026 15:45 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Getty Images

5-mart kuni «Real Sosedad» jamoasi Reale Arena stadionida «Atletik Bilbao» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob 2:0 ko‘rinishini oldi.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Ikkinchi daqiqadayoq «Atletik Bilbao» vakili Aleks Berenger bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq to‘p noaniq ketdi. Tanaffusdan so‘ng mehmonlar bosimni oshirdi, ammo himoyachi Serxio Gomes Niko Uilyamsning xavfli hujumini tezkorlik bilan badrtaraf etdi.

RESUMEN | Real Sociedad 1-0 Athletic Club | 1/2 Vuelta Copa 2025-26 | HIGHLIGHTS

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 86-daqiqada kiritildi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini «Real Sosedad» sardori Mikel Oyarzabal muvaffaqiyatli amalga oshirdi va o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi. Finalda jamoa o‘z tarixida to‘rtinchi bor Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi.

Bask jamoasi so‘nggi bor ushbu unvonga 2021-yilda erishgan edi. Finalda ularning raqibi 2013-yildan beri kubokni yuta olmayotgan «Atletiko Madrid» klubi bo‘ladi. Final uchrashuvi 18-aprel sanasida Sevilya shahridagi La Cartuja stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» yirik g‘alabaga qaramay, kubok finalidan quruq qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek