Dollar tushdi: 6-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

6-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
27-fevralda 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil qildi. 2-mart kuni dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni 3-mart kuni 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. 4-mart kuni 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetdi. 5-mart kuni esa dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 12,08 so‘mga oshib, 14 181,62 so‘mni, rubl 1,65 so‘mga tushib, 155,08 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.