Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisligidan ozod etildi

Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Odiljon Tojiyev ushbu lavozimga tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Odiljon Tojiyev bunga qadar Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Sherzodxon Qudratxo‘ja mazkur lavozimda 2022-yildan buyon ishlab kelgan. Shu bilan birga, u 2018-yildan buyon O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hilola Umarova Prezident administratsiyasidagi lavozimida ozod etilib, MMT vaziri o‘rinbosari va universitet rektori etib tayinlangan edi.