Ozarbayjon aeroportiga hujum, O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajati, Ipoteka kreditlarining yangi tartibi — 5-mart kungi yangiliklar dayjesti


Eron droni Ozarbayjon aeroportiga quladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Eron tomonidan Naxichevan xalqaro aeroportiga dronlar orqali zarba berilgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Unda aeroport terminali ichidagi vayronagarchiliklar, jumladan, shikastlangan shift konstruksiyalari hamda singan oynalarni ko‘rish mumkin. Hodisa sababli Naxichevanga yo‘naltirilgan ba’zi reyslar ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Qatar gaz suyultirishni vaqtincha to‘xtatdi
Qatar 4-mart kunidan boshlab gazni suyultirish jarayonini to‘liq to‘xtatdi va o‘ta sovitilgan gaz ishlab chiqarish hamda eksport qilishning normal darajasiga kamida bir oygacha qayta olmaydi.

Yaqin Sharqdagi urush tufayli O‘zbekistonda xurmo narxlari qanday o‘zgardi
28-fevralga o‘tar kechasi Isroil va AQSh Eronga hujum qildi, bu esa Yaqin Sharqdagi mojaroning navbatdagi keskinlashuviga olib keldi.
Eron O‘zbekistonga ushbu xurmo mevasini yetkazib beruvchi asosiy davlat hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan vaziyat respublikada xurmo narxi va yetkazib berilishiga qanday ta’sir qilganini o‘rgandi.

Qatarda qiyin ahvolda qolgan 91 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha turarjoy bilan ta’minlandi
Qatarning Doha shahrida qiyin vaziyatda qolgan 91 nafar O‘zbekiston fuqarosi vaqtincha turarjoy bilan ta’minlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Endi O‘zbekistonda kameralar haydovchilik guvohnomasi yo‘qlarni ham aniqlaydi
O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar avtomobil boshqarsa, buni yo‘llarda o‘rnatilgan kameralar aniqlaydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Ipoteka kreditlari orqali uy-joy olish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 9,4 mingga yetdi
5-mart soat 10:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish ishlari doirasida jami 9361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Endi O‘zbekistonda ipoteka uyda ro‘yxatdan o‘tish uchun bank roziligi talab etiladi
O‘zbekistonda ipoteka krediti asosida sotib olingan uyga fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish endi uy egasi arizasi va bank roziligi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentining 24-fevraldagi farmonida aytiladi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari 715 ming so‘mga yetdi
O‘zbekistonda 2026-yil fevral oyida minimal iste’mol xarajatlari 715 ming so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.