Rikor kompaniyasi Neuro S3 va Neuro S5 smartfonlarini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar bozorda kamida 200 mingta qurilmani sotishni rejalashtirmoqda
Foto: IXBT.pro

Rossiyaning Rikor kompaniyasi Neuro S seriyasidagi ikkita yangi smartfon modelini savdoga chiqardi. Yangi qurilmalarning dastlabki partiyasi Xitoyda yig‘ilgan.

Ikkala yangi model ham vizual jihatdan farq qilmaydi, Android 15 operatsion tizimida ishlaydi va 8 yadroli Unisoc Tiger T8200 protsessori bilan jihozlangan. Qurilmalar 120 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran, 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, shuningdek, eSIM qo‘llab-quvvatlashi va maxsus dasturlashtiriladigan tugmani o‘z ichiga oladi.

Foto: Rikor

Neuro S3 modelining narxi 19 ming rubl (2,9 mln so‘m)ni tashkil qiladi. U HD+ ruxsatli displey, 6 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega. Kameralar tizimi OmniVision kompaniyasining 64 megapikselli asosiy sensori, 8 megapikselli keng burchakli va 5 megapikselli makro obyektiv, shuningdek, Sony tomonidan ishlab chiqarilgan 8 megapikselli old kamerani o‘z ichiga oladi. Qurilmaning quvvatlanish tezligi 18 Vt qilib belgilangan.

Foto: Rikor

Neuro S5 modeli 22 ming rubl (3,4 mln so‘m)ga baholangan bo‘lib, asosan apparat ta’minotidagi afzalliklari bilan ajralib turadi. U Full HD+ ekran, 8 GB tezkor va 256 GB ichki xotirani taklif etadi. Uning 64 megapikselli asosiy kamerasi Samsung sensoriga asoslangan, old kamerasi ruxsati esa 16 megapikselgacha oshirilgan hamda 33 Vt tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Pixel smartfon va soatlari yangilanish olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek