
Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning yangilangan transfer qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Istanbul Bashakshehir»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxi 2 mln yevroga qimmatlashib, 7 mln yevroga yetdi.
Shuningdek, «Istanbul Bashakshehir»ning yana bir a’zosi Abbos Fayzullayev (7 mln yevro) hamda hozirda Italiyada jarohatidan davolanayotgan Husniddin Aliqulovning (1,5 mln yevro) transfer qiymati o‘zgarishsiz qoldi.

Turkiya chempionatining eng qimmat futbolchisi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen bo‘lib turibdi. Uning qiymati 75 mln yevroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni 28 mln yevro bilan «Fenerbaxche»ning fransiyalik a’zosi Matteo Genduzi egalladi. Kuchli uchlikni 26 mln yevro qiymatga ega «Galatasaroy»ning yana bir futbolchisi Barish Alper Yilmaz yakunlab beradi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida 16 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda esa 18 ta gol urgan «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachu bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodovning goli «Istanbul Bashakshehir»ga g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.