Saharlikdan keyin uxlagan odamni ro‘zasi ochiladimi

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Saharlikdan keyin uxlagan odam ehtilom bo‘lsa, ro‘zasi ochiladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Bismillahir rohmanir rohim. Ehtilom bo‘lish, ya’ni uyquda bulg‘anish ro‘zani buzmaydi. Chunki bunday holat kishining o‘z ixtiyori bilan sodir bo‘lmaydi. Unaqa holatda turib, keyin g‘uslni qilib ketaveradi. Ro‘zasi ochilmaydi, inshaalloh. Vallohu a’lam», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.