Toshkent shahrida bir kilogramm palov narxi qimmatladi

eʼlon qilindi
Eng arzon hudud Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda fevral oyida palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha narxlari va ularning bir kilogrammga tushadigan qiymati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir kilogramm palov uchun eng arzon hudud Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u yerda 1 kg palov tayyorlash uchun 99 ming so‘m sarflanadi. Eng qimmat palov esa Toshkent shahrida bo‘lib, u yerda 1 kg palovning o‘rtacha qiymati 118 ming so‘mni tashkil etadi.

Quyida ba’zi hududlardagi palov narxlari ko‘rsatkichlari keltirilgan:

Hudud1 kg palov qiymati, so‘m
Qoraqalpog‘iston Res.99 ming so‘m
Andijon107 ming so‘m
Buxoro109 ming so‘m
Jizzax110 ming so‘m
Qashqadaryo113 ming so‘m
Navoiy112 ming so‘m
Namangan109 ming so‘m
Samarqand114 ming so‘m
Surxondaryo112 ming so‘m
Sirdaryo105 ming so‘m
Toshkent viloyati114 ming so‘m
Farg‘ona116 ming so‘m
Xorazm108 ming so‘m
Toshkent shahri118 ming so‘m

Ma’lumotlarga ko‘ra, palov narxini shakllantiruvchi asosiy mahsulotlar: mol go‘shti, guruch, piyoz, sabzi, zira va boshqa ziravorlar. Hududlar bo‘yicha narx farqlari, asosan, mol go‘shti va guruch narxiga bog‘liq.

Shu bilan birga, statistik hisob-kitoblarda eng qimmat mol go‘shti Toshkent shahrida, eng arzoni esa Qoraqalpog‘istonda ekani kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyi uchun hududlar kesimida 1 kg palov tayyorlashning o‘rtacha qiymatini e’lon qilingani haqida yozgandi. Unga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (116,1 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (98,2 ming so‘m) kuzatilgan.

Shuningdek, o‘tgan yil 14-dekabr kuni «Arda Xiva» turistik majmuasidagi «Xorazm palovi» xalqaro festivalida to‘qqiz tonnalik osh tayyorlandi.

Festival doirasida mamlakat miqyosida rekord natija qayd etildi. Ulkan qozonda 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi. Uni pishirish uchun 2,5 tonna go‘sht, 3 tonna sabzi, 2,5 tonna guruch va 750 litr paxta yog‘i ishlatildi.

«Kursiv» nashri toshkentcha palov qanday tayyorlanishi bo‘yicha retseptni ham taqdim etgandi.

Shuningdek