O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarda QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-apreldan
Foto: Uzbekistan Airports

O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarda chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Qarorning asosiy maqsadi chet el fuqarolariga QQSni qaytarish tizimi qamrovini kengaytirish va 2026/2027-yillarda ular tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar hajmini 10 baravar oshirishdan iborat.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, chet el fuqarolari o‘z xohishiga ko‘ra QQSni naqd pul shaklida qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 85 foizi xaridorga qaytariladi, 15 foizi esa tax free tizimi operatori xizmatlari uchun yo‘naltiriladi.

QQSni chet el fuqarolarining bank kartasiga qaytarish tovar olib chiqib ketilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Shuningdek, QQSni qaytarish uchun minimal xarid summasi QQS bilan birga 300 ming so‘m etib belgilandi. Tax free tizimi amal qiladigan tovarlarning cheklangan ro‘yxati ham bekor qilindi (oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari).

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning dekabr oyidagi prezident qarori bilan joriy yildan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS)dan tushgan mablagʻlarning bir qismi mahalliy budjetlarga yoʻnaltirilishi belgilangan.

Unga muvofiq, QQS tushumlarining 5 foizi Toshkent shahar budjetiga, qolgan hududlar budjetlariga esa 20 foizi oʻtkaziladi. Mazkur mexanizm hududlarning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek