Messi va Tramp uchrashuvi, Yaqin Sharqdagi o‘limlar, Shomurodovning transfer narxi — 6-mart kungi yangiliklar dayjesti


Qamchiq dovonidan o‘tadigan yo‘l uzaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi
5-mart holatiga, Yaqin Sharqda AQSh-Isroil va Eron urushi oqibatida qator mamlakatlardan jami 1348 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Lionel Messi Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi
Lionel Messi va «Inter Mayami» klubi futbolchilari Vashingtondagi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuv jamoaning MLS kubogidagi ilk g‘alabasiga bag‘ishlandi.

Eron maktabiga qilingan hujum ortidan AQShda harbiy tergov boshlandi
28-fevral kuni Eron janubidagi qizlar maktabiga qilingan zarbaga AQSh kuchlari javobgar bo‘lishi mumkin. Hozirda AQSh harbiy tergovchilari surishtiruvni davom ettirmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uy berildi
Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uch xonali uy berildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eldor Shomurodovning transfer narxi ikki million yevroga oshdi
Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning yangilangan transfer qiymatini e’lon qildi.

Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi
Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonda yangi uylar «aqlli» suv hisoblagichlari bilan majburiy jihozlanadi
2027-yildan boshlab O‘zbekistonda quriladigan yangi ko‘p kvartirali turarjoy binolarida zamonaviy elektron ichimlik suvi hisoblagichlarini o‘rnatish majburiy bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bu talab prezidentning 24-fevraldagi farmonida belgilangan.

«Yangi hayot» dasturi orqali mahbus ayollar kasb-ta’limga yo‘naltiriladi
«Yangi hayot» dasturi orqali jazoni o‘tayotgan ayollarga kasb-ta’lim imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimda ma’lum qilindi.