Toshkentda 100 dan ortiq elektromobil quvvatlash stansiyasi elektr tarmog‘idan uzildi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda qoidabuzarliklar aniqlangani sabab 100 dan ortiq selektromobil quvvatlash shoxobchasi vaqtincha elektr tarmog‘idan uzildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xatlov ishlari tarmoq faoliyatining to‘xtatilishini anglatmaydi. Aksincha, ular ulanishlarni tartibga solish va texnik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Hozirda Toshkentda 20 kVt dan yuqori quvvatga ega bo‘lgan 1300 ta tezkor quvvatlantirish qurilmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar 3-martdan boshlab shahar bo‘yicha elektromobil quvvatlash shoxobchalarini tekshirishni boshladi. Hozirga qadar 300 dan ortiq shoxobcha baholandi, bu orqali ulanishlarning holati va tarmoqka tushayotgan yuklama aniqlanmoqda.
Xatlov davomida 101 ta shoxobchada zarur hujjatlarning yo‘qligi va 62 ta shoxobchada elektr ta’minoti korxonalari bilan shartnomalar mavjud emasligi aniqlangan. Bu shoxobchalar vaqtincha tarmoqdan uzilgan.
Hokimlik vakillari, quvvati 20 kVt dan yuqori bo‘lgan tezkor quvvatlantirish qurilmalari elektr tarmoqlari uchun jiddiy yuklama keltirishi mumkinligini ta’kidladil. Elektromobil qisqa vaqt ichida o‘nlab kilovatt elektr energiyasini iste’mol qilishi, agar ulanishlar texnik shartlarga rioya qilmasdan amalga oshirilsa, turar joy binolaridagi elektr tarmog‘ida ortiqcha yuklama va uzilishlar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektromobillarga kam foizli avtokredit qachondan berilishi haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil 1-sentabrdan elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizgacha stavkada bank avtokreditlari beriladi.